visualizaciones de letras 523

Eslamading

Benom Guruhi

Tunlar qorong'u xonam yoritadi oy
Go'yo dardlarim tushunganday hoyna-hoy
Meni ovutadi, tunlarim o'tadi
Kunlarim seni bir bor qaytishing istar
Seni so'gindim, degan so'zlaring qo'msab
Qalbim og'rinadi, shunday kun o'tadi

Sog'inganingda meni osmonga qara
Qanchalar sog'inganimni undan so'ra
Sen bir bor eslaysanmi meni hech?
Sening orzularingda afsus men emas
Men sevgan ko'zlaringda sevgi ko'rinmas
Men hamon yasharman seni deb

Telbalarcha sevdim shunchaki
Sendan ham shuni kutdim balki
Seni deb o'zimni unutib
Zahirangda qoldimmi yoki?

Ayrilamizmi shunday?
Farqi yo'qmi senga, ayt?
Bir bor eslamading
Talab-talabin yuragingni yoki sezmading

Telbalarcha sevdim shunchaki
Sendan ham shuni kutdim balki
Seni deb o'zimni unutib
Zahirangda qoldimmi yoki?

Nahot shunday ayrilamiz
Oson yengilaveramiz?
Sevgimiz anglamay
Talab-talabin yuragimiz aslo o'ylamay

Qadam-qadam tobora yuragimda dard
Negadir xayollarim bo'ysunmay, faqat
Seni sog'inadi, senga talpinadi
O'tar kunlarim, lekin halovatim yo'q
Yo'llari berk ko'chada qolganday biroq
Qalbim og'rinadi, dard meni qiynaydi

Sog'inganingda yana osmonga qara
Yashayman har kuni undan seni so'rab
Sog'indim, yetar, qiynama meni
Sendan olisligimga yurak chidolmas
Sensiz kunlarimga hech ham ko'na olmas
Sevaman, yetar sinama meni

Vaqtida tushunmadik, sevgi bo'ldi dard
Ikkimiz qiynaydimi endi to abad?
Nahot oson so'nib ketar bu sevgimiz
O'ngga chapga bo'linar bu yo'llarimiz

Bir-birimiz uchun yaralganmiz axir
Sensiz o'tgan kunlarim qara, qanchalar og'ir
Qo'msayman birma-bir, sevasanku axir
Kutarman go'yo qaytarsan hozir

Telbalarcha sevdim shunchaki
Sendan ham shuni kutdim balki
Seni deb o'zimni unutdim
Zahirangda qoldimmi yoki?

Ayrilamizmi shunday?
Farqi yo'qmi senga, ayt?
Bir bor eslamading
Talab-talabin yuragingni yoki sezmading

Telbalarcha sevdim shunchaki
Sendan ham shuni kutdim balki
Seni deb o'zimni unutib
Zahirangda qoldimmi yoki?

Nahot shunday ayrilamiz
Oson yengilaveramiz?
Sevgimiz anglamay
Talab-talabin yuragimiz aslo o'ylamay

Tunlar qorong'u xonam yoritadi oy


Comentarios

Envía preguntas, explicaciones y curiosidades sobre la letra

0 / 500

Forma parte  de esta comunidad 

Haz preguntas sobre idiomas, interactúa con más fans de Benom Guruhi y explora más allá de las letras.

Conoce a Letras Academy

¿Enviar a la central de preguntas?

Tus preguntas podrán ser contestadas por profesores y alumnos de la plataforma.

Comprende mejor con esta clase:

0 / 500

Opciones de selección